Qozog‘istonda kuchli qor bo‘roni sabab aviareyslar bekor qilindi
Olam
−
16 fevral
4773Qozog‘istonning Olmaota shahrida kuchli qor yoqqani sababli yo‘llarda tirbandlik darajasi 10 ballga oshdi. Bu haqda NUR.KZ xabar bermoqda.
Shahar kommunal infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi Olmaotada davlat xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Ayni paytda qorni tozalashga 483 ta maxsus texnika, 1180 nafar yo‘l ishchilari jalb etilgan. Shuningdek, piyodalar yo‘laklari, umumiy foydalanish joylari va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarga kirish joylarini supurish bo‘yicha 174 dona kichik piyodalar yo‘laklarini tozalash texnikasi jalb etilgan, deyiladi xabarda.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan ishlarning borishini nazorat qilish maqsadida tun-u kun navbatchilik tashkil etilgan.
Ayrim joylarda shaharda tirbandlik yuzaga kelib, kichik baxtsiz hodisalar ham uchrab turishi ma’lum qilingan. Og‘ir ob-havo sharoiti havo transporti faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Olmaota aeroportidan uchuvchi kamida 12 reysning kechiktirilishini ma’lum qildi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi