O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yumshatish sharti aytildi

Jamiyat

image
Prezident karantin bo‘yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi north_east

Prezident karantin bo‘yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistonda yaqin vaqtlarda 500 ming kishini koronavirusga tekshiruvdan o‘tkazish rejalashtirilyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda 150 mingga yaqin inson koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi.

Olingan testlarning soni kelgusida maksimal oshirilishi hisobigagina karantin shartlarini yumshatish mumkin”, dedi Habibulla Oqilov.

Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi 10 maygacha uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1657 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 261 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing