O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashadi
Sport
−
03 fevral
84937-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, delegatsiya bo‘lajak o‘yinlarda 6 sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etish joiz, bu ham sport turi, ham atletlar soni bo‘yicha delegatsiya eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o‘yinlari bo‘ladi.
Ishtirokchilar ro‘yxati:
Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;
Konkida yugurish: Danila Semerikov;
Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;
Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov.
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.
Ma’lumot uchun, musobaqalarning ochilish marosimi 7 fevral kuniga belgilangan. O‘zbekistonlik atletlarning ishtiroki aynan shu sanadan boshlanadi.
LiveBarchasi