O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yuki yubordi
Jamiyat
−
16 noyabr 2020
6063Kecha, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Hukumati maxsus samolyotda qo‘shni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV xabar berdi.
Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy anjom, dori-darmon yuborildi. Kelgusida o‘zbek tomoni karantin konteynerlari, shuningdek, 3000 tonna bug‘doy yuborishi rejalashtirilgan.
“Insonparvarlik yukida 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shprits va sistemalar mavjud. Bundan tashqari, ikkita modulli, texnologik shifoxonalar qurilishi boshlandi”, deyiladi xabarda.
Tez kunlarda temir yo‘l aloqasi orqali navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. Unda karantin uchun 400ta maxsus konteyner va 3 ming tonna bug‘doy keltiriladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
LiveBarchasi