O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik yordam yuki jo‘natdi
Jamiyat
−
03 avgust 2020
7604O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonpavarlik yordami yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kabar” axborot agentligi.
Yordam yuki 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qo‘lqop, 500 dona himoya ko‘zoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlordan iborat.
Vazirning ma’lum qilishicha, xalqaro tashkilotlardan ham Qirg‘izistonga qiymati 9 million somlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib berilgan. Mazkur yordam hududlar va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga taqsimlangan.
LiveBarchasi