O‘zbekiston Qirg‘izistondagi teatrni ta’mirlashga 5 mln dollar ajratadi
Olam
−
14 Sentabr 2021
6732O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida xalqaro ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq Bobur nomidagi O‘sh drama teatri to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi janubiy poytaxti meriyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Bobur nomidagi O‘sh akademik musiqali drama teatrining to‘liq rekonstruksiyasi kecha, 13 sentyabr kuni boshlangan.
Shahar hokimi o‘rinbosari Jasur Azimov boshchiligidagi davlat organlari va kommunal xizmatlar xodimlari komissiyasi jarayon bilan tanishgan.
Teatr rekonstruksiyasini yakunlash kelasi yilning boshiga rejalashtirilgan. Ishning umumiy qiymati 5 mln dollar. Taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, teatr binosi to‘liq ta’mirlanadi.
LiveBarchasi