O‘zbekiston-Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13-19 avgust kunlari Cho‘lpon-Ota shahrida Qirg‘iziston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi. 

Muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilingan, shuningdek, demarkatsiya ishlarini olib borish uchun maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilgan. 

“Muzokaralar do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi”, deyiladi xabarda.

Qirg‘iz-O‘zbekiston chegarasining uzunligi 1,3 ming kmdan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Bu Qirg‘izistonning qo‘shni davlat bilan eng uzun tashqi chegarasi. Tomonlar o‘tgan asrning 90-yillaridan beri bahsli hududlar bo‘yicha muammolarni hal qila olmay keladi. 

2017 yilda bu jarayon jadallashib, 2023 yil boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi chog‘ida nihoyat bahsli hududlar bo‘yicha barcha hujjatlar imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing