O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
Sport
−
24 Oktabr 2019
6057FIFA milliy futbol jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston ushbu reytingda o‘tgan oydagiga nisbatan 3 ta o‘ringa ko‘tarilib, 85-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston MTJ 1287 ochko to‘plagan.
FIFAning oktyabr oyi reytingida dastlabki 4 o‘rinda o‘zgarish bo‘lmagan. Belgiya 1-o‘rin, Fransiya 2-o‘rin, Braziliya 3-o‘rin va Angliya 4-o‘rinda turibdi. O‘tgan oyda 5-o‘rinda bo‘lgan Portugaliya o‘z o‘rnini Urugvayga bo‘shatib bergan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston JCH-2022 saralash bosqichining so‘nggi ikki o‘yinda Yaman (5:0) va Singapur (3:1) ustidan g‘alaba qozondi. Hozir O‘zbekiston 6 ochko to‘plagan holda “D” guruhida yetakchilik qilmoqda.
LiveBarchasi