O‘zbekiston Eron dronlari bo‘yicha ayblovlar uchun Ukraina hukumatiga arz qiladi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2022
13566O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi aytilgan Eronning dronlari O‘zbekiston hududida yig‘ilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga munosabat bildirib, ma’lum qildi.
“Shuni alohida ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va o‘z hududida Eron harbiy texnikasini yig‘maydi”, deyiladi TIV bayonotida.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yig‘ish” masalasi bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.
“Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi”, deya yakunlanadi TIV munosabati.
Avvalroq ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon va va Isroilda yashovchi sobiq rossiyalik milliarder Leonid Nevzlin Eronning Rossiyaga berayotgan dronlari O‘zbekistonda ham yig‘ilayotgani haqidagi iddao bilan chiqqani xabar qilingandi.
Buning ortidan O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy xarakatlarda qo‘llanilayotgan Eron jangovar dronlarini ishlab chiqarish maydoni ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni qat’iy inkor etdi.
LiveBarchasi