O‘zbekiston Misrning Yaqin Sharqdagi harakatlarini yuqori baholadi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qohira shahrida Misr Arab Respublikasi Bosh vaziri Mustafo Kamol Madbuli bilan uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Saidovga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi nomiga yo‘llagan samimiy salomi va eng ezgu tilaklari yetkazilgan.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilingan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Madaniy-gumanitar, ta’lim va diniy-ma’rifiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada boyitish bo‘yicha ham fikr almashilgan.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham mulohazalar bildirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Misrning Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mojarolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholashini ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan uchrashgandi. Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklari Jazoir rahbariga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing