Saidov Jazoir Prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Saidovga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklari Jazoir rahbariga yetkazilgan.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, mavjud hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanish hamda aniq amaliy natijalarga erishish yuzasidan fikr almashilgan.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqqan.

O‘zbekiston tomoni Jazoir rahbariyatining ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy intilishini yuksak baholab, ko‘p qirrali hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish yo‘lida birgalikda ishlashga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida tog‘-kon sanoati, geologiya-qidiruv ishlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing