Yaqin Sharqdan 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik qaytarildi – TIV

Jamiyat

image

1 martdan 5 mart kuni soat 10:00 holatiga qadar, O‘zbekistonga jami 9 361 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi (TIV) xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonidan muntazam hamda qo‘shimcha charter reyslar orqali 8 114 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qaytarilgan.

Birlashgan Arab Amirliklaridan 1192 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

Erondan 23 nafar, Bahrayndan esa 25 nafar, Ummondan 7 nafar fuqaro mamlakatga xavfsiz yetkazilgan.

Ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlardan amalga oshirilgan.

Mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan mazkur tadbirlar tezkor ravishda tashkil qilinishi va davom ettirilishi aytilgan.

“Fuqarolarimizni xotirjamlikni saqlashga, vahimaga berilmaslikka va vazmin harakatlanishga chaqiramiz. Shuningdek, ayni paytda xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan mazkur mamlakatning ichki qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish hamda faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tomonidan tarqatilayotgan rasmiy axborotga amal qilish so‘raladi”, deyiladi TIV bergan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transport vazirligi 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan hujumidan so‘ng Yaqin Sharq mintaqasida qolib ketgan 5 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgani haqida xbaar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV o'zbekistonlik qaytarildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing