O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainani 24 avgust kuni nishonlanadigan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabrik elchixonaning Facebook'dagi sahifasida e’lon qilindi.

“Hurmatli ukrainalik do‘stlar! Sizlarni milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ishonchimiz komilki, xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy va ko‘p yillik do‘stlik rishtalari bundan buyon ham samarali rivojlanadi. Fursatdan foydalanib, sizlarga tinch osmon va farovonlik tilab qolamiz. Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi xodimlari”, deyiladi ukrain tilida yozib qoldirilgan postda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevlar bayram munosabati bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga tabrik telegrammasi yo‘llab, Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga olib kelingandi. Mazkur voqeadan ikki kun o‘tib esa O‘zbekiston tadbirkorlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yordam Ukrainaga jo‘natildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing