O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tadbirkorlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yordam Ukarinaga jo‘natildi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga jami 785 844 grivna (taxminan 21 ming AQSH dollari) qiymatidagi qishki poyabzal, sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shu jumladan, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 ming AQSH dollari) bo‘lgan tibbiy shpritslar, tibbiy paxta va infuzion tizimlari jo‘natilgan.

Gumanitar yordam allaqachon Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani ma’muriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga olib kelingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing