Turkmaniston ham Eronga gumanitar yordam yubordi

Olam

image

Turkmaniston hukumati Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda joriy yilning 13 mart kuni Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov farmoyish imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, bu yordam “Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasi” tomonidan muqaddas Ramazon oyi hamda Qadr kechasi munosabati bilan amalga oshirilgan.

Yuk tarkibiga bolalarning salomatligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan turli dori-darmonlar, tibbiy vositalar va boshqa mahsulotlar bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati Eron xalqiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlardan iborat yukinsonparvarlik yordami yuborgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Turkmaniston gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing