Ozarbayjondan Eronga gumanitar yordam yuborildi (video)

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev topshirig‘i bilan Eronga qariyib 25 tonnalik gumanitar yordam yuborildi. Bu haqda “Report” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur gumanitar yordam joriy yilning 8 mart kuni Aliyev va Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati asosida, qo‘shni va do‘st Eron xalqining hozirgi ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshirilgan.

Unga ko‘ra, Ozarbayjon Prezidentining topshirig‘iga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi orqali Eronga gumanitar yordam yuborilgan va jo‘natilgan yordam tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 10 tonna un;
  • 6 tonna guruch;
  • 2,4 tonna shakar;
  • 4 tonnadan ortiq ichimlik suvi;
  • 600 kg choy;
  •  2 tonna dori-darmon va tibbiy buyumlar.

Qayd etish joiz, bungacha Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashib, Naxechivonga qilingan havo hujumi bilan bog‘liq hodisa Eron bilan aloqador emasligini ta’kidlab, ushbu voqea, albatta, tekshirilishini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiy 28 fevral kuni Isroil va AQSHning Eronga qarshi qo‘shma operatsiyasi davomida Isroil aviazarbasi oqibatida o‘ldirilgan edi. Bugun, 9 mart kuni Eron nashrlari Mujtabo Xomanaiy yangi oliy rahbar bo‘lganini e’lon qildi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi unga sodiqlik qasamini ichdi, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon esa Mujtabo Xomanaiyning tayinlanishini “islom millatining milliy birlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishi ifodasi” deb atadi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiyga Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari bo‘lgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ilhom Aliev gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing