O‘zbekiston elchixonasi Isroilga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
27 may 2025 17334 1 daqiqa
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Vashingtondagi Isroil elchixonasining ikki xodimi fojiali o‘ldirilgani yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu bayonotda joriy yilning 21 may kuni AQSHning Vashington shahridagi Yahudiy muzeyi yaqinida yuz bergan qurolli hujumda halok bo‘lgan ikki isroillik diplomatning o‘limi haqida so‘z boradi.
“Marhumning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Biz bu dahshatli harakatni qat’iyan qoralaymiz, diplomatik xodimlarga qarshi har qanday hujumlar qabul qilinishi mumkin emas va xalqaro huquq normalariga ziddir”, deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etish joiz, 21 may kuni kechqurun Vashingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi – er-xotin Yaron Lishchinskiy va Sara Milgrim chikagolik 30 yoshli Elias Rodriges tomonidan otib o‘ldirilgandi. Hujumchi otishma oldidan “Falastinga ozodlik” shiorini hayqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigesning ishi “nafrat jinoyati va terrorizm” sifatida tekshirilmoqda. 22 may kuni Vashingtondagi federal sudda gumonlanuvchiga qarshi ayblovlar qo‘yilgan. Ayblovlar ro‘yxatiga ikkita birinchi darajali qotillik, xorijiy amaldorlarni o‘ldirish, o‘qotar qurol bilan o‘ldirish va zo‘ravonlik jinoyatida o‘qotar quroldan foydalanish kiradi. Hozirda u 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan dastlabki sud majlisigacha hibsda saqlanmoqda.
Jaloliddin Rahmonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025