O‘zbekiston bog‘chalarida 3 soatlikdan tortib 24 soatlikgacha guruhlar ochiladi

Jamiyat

image_2019-12-19_18-36-45

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bolalarni bir yoshdan bog‘chaga berishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjatga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Endilikda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir yoki yoshga doir bo‘lmagan toifalar va bolalarning bo‘lishi davomiyligi bo‘yicha to‘ldirilishi mumkin.

Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning bo‘lishi davomiyligiga qarab:

• Bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);

• To‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10.5 va 12 soat);

• Bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mazkur qonunda maktabgacha ta’lim tashkilotidagidagi guruhlar bolalarning bo‘lishi davomiyligiga ko‘ra ajratilganda vaqtdan tashqari bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola, bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola o‘qitilishi ham belgilab qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha 24 soatlik guruh

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing