Bolalarni bir yoshdan bog‘chaga berishga ruxsat berildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
17191Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qonunga ko‘ra, davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Shuningdek hujjatda maktabgacha bo‘lgan yosh va uning qay tartibda toiflanishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Xususan, mazkur qonunda maktabgacha bo‘lgan yosh va uning davrlari quyidagicha:
• Go‘daklik (tug‘ilganidan bir yoshgacha);
• Ilk bolalik (bir yoshdan uch yoshgacha);
• Maktabgacha bo‘lgan kichik yosh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);
• Maktabgacha bo‘lgan o‘rtacha yosh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);
• Maktabgacha bo‘lgan katta yosh (besh yoshdan yetti yoshgacha).
Biroq qonunga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotining eng kichik guruhi bir yoshli bolalar bilan to‘ldirilishi ta’kidlangan.
Unda maktabgacha ta’lim tashkilotining guruhlari yoshga doir toifalar bo‘yicha to‘ldirilsa, quyidagicha yosh toifalari belgilangan:
• Ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);
• Kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);
• O‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);
• Katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);
• Maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).
Eslatib o‘tamiz, Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan (16 dekabr) e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi