O‘zbekiston BMTning yana bir shartnomasiga qo‘shildi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2021 5620 1 daqiqa
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining "Quruqlik portlari" to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimiga qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qaror bilan Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Live
Barchasi