O‘zbekiston Bishkek elektr stansiyasida yuz bergan portlash munosabati bilan yordam ko‘rsatadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga Bishkek issiqlik elektr stansiyasidagi avariya munosabati bilan zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qirg‘izistonlik mavqedoshi Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Xususan, O‘zbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan O‘sh shahriga suyultirilgan gazballonlari jo‘natilishini e’lon qilgan.

O‘z navbatida, Kulubayev yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni Bishkek issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Baxtiyor Saidov Bishkek issiqlik elektr stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing