Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

O‘zbekiston bayrog‘i o‘xshash davlat bilan ilk marta diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image

Serra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlatga aylandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Serra-Leone Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Alxaji Fand Turay imzolagan.

Qayd etish joiz, ushbu davlat G‘arbiy Afrikada Atlantika okeani sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, IHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa xalqaro tashkilotlar a’zosi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlagan.

Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning G‘arbiy Afrika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Serra-Leonening davlat ramzi hisoblangan bayrog‘i O‘zbekistonnikiga o‘xshaydi. Serra-Leone bayrog‘ida ham yashil, oq va ko‘k ranglari joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ining pastdan yuqoriga ko‘rinishini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 10 oktyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma qaror imzolangan. Gayana Kooperativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 142-davlat bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

S'erra-Leone diplomatik aloqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing