O‘zbekiston Afrikanining yana ikki davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Jamiyat
−
27 Sentabr
2347O‘zbekiston G‘arbiy Afrikadagi Liberiya hamda Togo davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Liberiya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan 154-davlat bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma kommyunike Tashqi ishlar vazirlari – Baxtiyor Saidov va Sara Beysolov Nyanti tomonidan imzolandi.
Togo esa diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 155-davlat bo‘ldi. Ushbu davlat nomidan qo‘shma kommyunikeni mamlakatning Tashqi ishlar vaziri Rober Dyusse imzolagan.
“Afrika qit’asi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud”, degan Saidov.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta davomida O‘zbekiston Kabo-Verde, Seyshel orollari, Brundi va Botsvana bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi.
LiveBarchasi