O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi nomidan insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili  Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston tomoni vakillari Prezident va o‘zbek xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida Feroz-Kohda 2000 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, 4000 tasi qisman shikastlangan, 2000 dan ortiq do‘kon suv ostida qolgan va kamida 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston insonparvarlik yordami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing