O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Jamiyat
−
19 aprel 2023
6315O‘zbekistondan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonga 185 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari karvoni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazilgan. Ushbu insonparvarlik yordami Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan jo‘natilgan.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15,7 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 20 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida bir necha rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazilgan.
“Tadbirda ishtirok etgan afg‘onistonlik rasmiylar Muborak Ramazon oyida ko‘rsatilayotgan bu kabi amaliy yordam uchun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi