O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qisqartirdi 

Olam

image

Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini kelishuvsiz 60 foizga qisqartirganini da’vo qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.  

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni bu holatni “texnik muammolar” bilan izohlagan. Xususan, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida texnik xususiyatdagi muammolar aniqlanib, eksport hajmi kamaygan. Hozirgi rejimda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish yaqin ikki-uch kun ichida normal holatga qaytishi aytilgan. 

O‘zbekiston tomonining xabar berishicha, ta’mirlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini Markaziy Osiyo davlatlaridan, xususan, O‘zbekiston va Tojikistondan sotib oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing