O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image
Afg‘oniston harbiylari Surxondaryodagi orolni egallab olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi north_east

Afg‘oniston harbiylari Surxondaryodagi orolni egallab olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Joriy yilning 21 avgustida Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisada ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida Davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Unda 21 avgustda Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilingan.

Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda.

Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Surxondaryo viloyatidagi “Payg‘ambar oroli” hududida 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi davlat chegarasini buzib o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

1721

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing