O‘zbekiston aeroportlarida “bojxonachisiz nazorat” tizimi ishga tushiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerak – Prezident north_east

Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerak – Prezident

O‘zbekistondagi aeroportlarda “bojxonachisiz nazorat” tizimi joriy etiladi. Bu haqda bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘z bordi.

Yig‘ilishda mamlakatdagi ayrim bojxona postlari ichimlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanmagani, ularga olib boruvchi yo‘llar ta’mirtalab ekanligi, bu aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan Prezident har bir chegara bojxona postida manzilli ishlarni amalga oshirish vazifasini qo‘ydi.

Hokimlarga avvalambor yo‘lovchilarning 90 foizi, yuk avtomobillarining 70 foizi o‘tadigan 22 ta chegara postiga olib boruvchi yo‘llar va boshqa infratuzilmani yaxshilash yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek:

•    “Do‘stlik” va “Yallama” postlari oldi hududlarida tashqi savdo markazlarini ishga tushirish;

•    “Olot” postiga tutash hududda logistika, servis va boshqa infratuzilma ob’ektlarini tashkil etishni boshlash;

•    1 aprelga qadar Samarqand xalqaro aeroportida, keyinchalik barcha aeroportlarda “bojxonachisiz nazorat” tizimini ishga tushirishga topshiriq berildi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing