Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerak – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistonning besh yillik Taraqqiyot strategiyasida belgilangan eksport va turistlar ko‘rsatkichlarni amalga oshirish uchun bojxona tizimining kattayu kichigi o‘zgarishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda besh yillik Taraqqiyot strategiyasida eksportni 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish belgilab olingani ta’kidlandi.

“Bu katta marralar. Buning uchun, bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerak.

Topshirig‘imga ko‘ra, qo‘mitaning yangi raisi bevosita postlarda xodimlar, aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz gaplashib, har bir masalani ichiga kirib o‘rgandi”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlari bojxona postlari davlatning yuzi bo‘lib, birinchi taassurot ham aynan bojxonadan boshlanishini tushunishi kerakligini qayd etgan.

“Bojxona postiga qarab, har bir hokimning madaniyatiga baho beriladi. Ular atrofida ravon yo‘llar, ekilgan manzarali daraxt va gullar, aholi uchun qulay sharoitlar bo‘lishi shart”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing