O‘zbekiston aholisida qancha avtomobil bor?

Jamiyat

image
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtotransport vositalari soni 5 millionga yaqinlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 903 mingdan ziyod avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 92,8 %) tashkil etadi. Qayd etilishicha, 2025 yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
  • yengil avtomobillar – 4 552,3 ming dona;
  • yuk avtomobillari – 330,3 ming dona;
  • mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;
  • maxsus transport vositalari – 7,2 ming dona;
  • avtobuslar – 5,8 ming dona.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ro‘yxatga olishdan keyingi aholi soni aytilgan tedi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etgangani xabar qilingandi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing