O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining 97 foizi internetdan foydalanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 10 yosh va undan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar–avgust oylarida 10 yosh va undan katta aholining internetdan foydalanuvchilar ulushi 97,3 foizni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 20,7 foiz punktga oshgan.

Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi quyidagicha bo‘lgan:

2021 yil – 76,6 foiz;
2022 yil – 83,9 foiz;
2023 yil – 89 foiz;
2024 yil – 93,3 foiz;
2025 yil – 94,6 foiz;
2026 yil yanvar–avgust – 97,3 foiz.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing