O‘zbekistonga 8 oyda qancha turist kelgani aytildi
Bu qiziq
−
15:45 343 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 mln 102 ming 729 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga oshgan.
Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar Qirg‘iz Respublikasidan kelgan. Ularning soni 2 mln 524 ming 378 nafarni tashkil qilgan.
Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston – 2 mln 171 ming 581 nafar, Tojikiston – 2 mln 25 ming 400 nafar bilan joy olgan.
- Rossiya – 867 757 nafar;
- Afg‘oniston – 329 620 nafar;
- Xitoy – 318 465 nafar;
- Turkmaniston – 224 766 nafar;
- Turkiya – 130 155 nafar;
- Hindiston – 39 538 nafar;
- Germaniya – 32 249 nafar.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 7 mln 749 ming 308 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurgan edi. Avgust oyining o‘zida mamlakatga 1 mln 353 ming 421 nafar turist kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning birinchi yarmida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi