O‘zbekistonliklarning o‘qish uchun xorijga chiqishi keskin kamaydi

Jamiyat

−

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 16 522 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 8,1 ming nafarga yoki 33 foizga kamaygan. Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p Rossiyaga borgan. O‘tgan yilning mos davrida esa bu borada Tojikiston birinchi o‘rinda bo‘lgan.

2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar quyidagicha:

Rossiya – 3 847 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 2 809 nafar;
Koreya Respublikasi – 2 118 nafar;
Turkiya – 1 818 nafar;
Xitoy – 1 248 nafar;
Qozog‘iston – 1 112 nafar;
Tojikiston – 904 nafar;
Buyuk Britaniya – 784 nafar;
Germaniya – 374 nafar;
AQSH – 231 nafar;
Boshqa davlatlar – 1 277 nafar.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p Tojikistonga safar qilgan. O‘sha davrda ushbu mamlakatga borganlar soni 5 534 nafarni tashkil etgan.

2025–2026 o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafar bo‘lib, ular orasida eng ko‘pini 19 yoshlilar tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 9 mln 102 ming 729 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing