O‘zbekiston – 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi erishgan natijalari, sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi. Bu haqda “Europe Echecs” xabar berdi.

Niderlandiyada o‘tkazilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri yakunida o‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” - “Oltin minora” sovrinini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropa shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov va Sindorov “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida o‘z guruhlarida kuchli shaxmatchilarni mag‘lub etib, sovrindorlar qatoridan joy olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing