O‘zbekiston 2021 yil iyunigacha aholisining 60 foizini koronavirusga qarshi emlamoqchi

Jamiyat

image

2021 yilning iyuniga qadar O‘zbekistonda aholining 60 foizgacha bo‘lgan qismini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “COVID-19 pandemiyasi: zamonaviy ilm-fanga chaqiriq” mavzusidagi virtual simpoziumda ma’lum qilgan.

Botirjon Qurbonov ayni paytda mamlakatda koronavirusga qarshi emlashni tashkillashtirish bo‘yicha qator choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi fazada JSSTning COVAX vaksinatsiyalash dasturi bo‘yicha 500 ming doza vaksina olish rejalashtirilyapti.

“Biz COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha xalqaro COVAX mexanizmiga qo‘shildik. Dastlab aholining 10 foizi uchun COVAX`dan vaksina olamiz, keyin yilning ikkinchi yarmida, iyungacha yana 5 millionta vaksina olamiz”, degan Botirjon Qurbonov.

Bundan tashqari, vaksinalarni sotib olishni tashkillashtiruvchi xususiy strukturalar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda. 

“Hozir butun dunyoda kim birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkazishini, ikkinchi navbatda kim o‘z vaksinalarini sotishni boshlashini kutyapmiz. Olishimiz bilan aholini emlashni boshlaymiz”, degan ma’sul rahbar.

Shuningdek, Xitoy vaksinasi bilan ham emlash boshlanish arafasida ekani ta’kidlandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, shu kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 5 mingta xitoy vaksinasining klinik sinovlar bo‘yicha uchinchi bosqichi boshlanish arafasida turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing