“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Jidda va Madinaga reyslarni to‘xtatdi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kecha, 27 fevraldan e’tiboran Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Reyslarning bekor qilinishiga esa dunyo bo‘ylab tarqalib, katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus sabab bo‘lgan. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi 25 davlat fuqarolarining mamlakatga kirishiga taqiq o‘rnatgan. Mazkur ro‘yxatdan O‘zbekiston ham o‘rin olgan. Bundan qarorning qabul qilinishi koronavirus tarqalishi xavfi bilan izohlanmoqda. 

MAKning qayd etishicha, tez orada Saudiya Arabistonida qolayotgan o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish uchun bir necha reyslar yo‘lga qo‘yiladi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 71-240-39-33 telefon raqamiga yoki 78-140-02-00 orqali aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga murojaat qilish mumkinligi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 27 fevraldan e’tiboran Saudiya Arabistoni ma’muriyati musulmonlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish va Madinada Nabaviy Masjidini ziyorat qilishni va Umra ziyorati uchun viza berishni to‘xtatib qo‘ygan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari Madina Umra ziyorati Jiddi

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing