O‘zbek va qirg‘izlardan iborat jinoiy guruhning katta qurol-yarog‘ ombori fosh etildi (foto)

3-sahifa

image

Qirg‘iziston militsiyasi xodimlari katta miqdordagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar omborini fosh qildi. Shuningdek, ular talonchilikda gumon qilingan sakkiz kishini – 5 nafar qirg‘izistonlik va 3 nafar o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib Kaktus.media nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 12 may kuni Ichki ishlar xodimlari Qora-Suv tumanida valyuta ayirboshlash shoxobchasining zirhli jip avtomobilini otib, talon-taroj qilish va o‘n millionlab qirg‘iz somini o‘marganlikda gumon qilingan uyushgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olgan. Gumonlanuvchilarning uy-joylarini tintuv qilish paytida esa juda katta qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, jumladan, o‘nlab avtomatlar, granatalar, to‘pponchalar, snayper miltiqlari va boshqa ko‘plab qurol-yaroqlar topilgan.

Hibsga olinganlar orasida muqaddam sudlanganlar, shuningdek, xalqaro terrorchilik tashkilotining bir necha a’zolari, jumladan, Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashganlar va bir nafar ayol kishi ham bor.

M. B., 1997-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi;
E.J., 1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi;
1993-yilda tug‘ilgan A. T., O‘zbekiston fuqarosi, davlatlararo qidiruvga berilgan;
A.I., 1986-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi;
M.N., 1971-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi;
B. E., 1971-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi;
A. Sh., 1976-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi;
S. A., 2003-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi.

Ularning barchasi hozirda tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28 mart kuni ham Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati  O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida katta miqdordagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar omborini fosh qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Qirg'iziston O'zbekiston fuqarosi granata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing