O‘zbek va qirg‘iz migrantlarining ommaviy janjali sababi oshkor bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya poytaxti Moskvada O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida ommaviy janjal yuz bergani xabar qilingandi. Janjal natijasida o‘ndan ortiq odam hibsga olingandi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur janjal yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mushtlashuvda 15 kishi, jumladan 10 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan.

Ommaviy mushtlashuvda hech kim jarohatlanmagan. Nizo futbol musobaqasida qoidalar buzilishi natijasida kelib chiqqan.

Ayni paytda dastlabki tergov amalga oshirilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi.

Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva ommaviy mushtlashuv migrantlar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing