O‘zbek-turkman chegarasida politsiya xodimlari va bojxonachilar janjallashdi

Olam

image

Joriy yilning 16 noyabr kuni Turkmanistonning O‘zbekiston bilan chegarasidagi Shovot nazorat-o‘tkazuv punktida turkman politsiya xodimlari va bojxonachilar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. 

Ularni ajratish uchun Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligining mintaqaviy boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Bu haqda “Xronika Turkmenistan” ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni Turkmaniston tomonda O‘zbekistonga o‘tish uchun yuzlab odamlar to‘planib qoladi. Odamlar navbatda turishni istamay, tanish politsiya xodimini topish yoki pul berib navbatsiz o‘tishga harakat qiladi.

Bu safar shunday sabablar tufayli janjal yuzaga keldi. Dastlab navbatda turgan va unda turishni istamay turli yo‘llar bilan chegaradan o‘tishni istayotgan odamlar o‘rtasida, keyinroq politsiyachilar va bojxonachilar o‘rtasida mojaro yuz berdi. Politsiya xodimlari bojxonachilar odamlarni juda sekin o‘tkazayotganidan noligan, bojxonachilar esa ularga tartibsizlik chiqarmay, navbatdagi odamlarni nazorat qilishini aytgan.

Ish mushtlashuvgacha borgan. Komandirlar mojaroni to‘xtata olmagach, MXV vakili o‘z hamkasblarini chaqirgan. Maxsus xizmat xodimlari janjalni to‘xtatib, ularni ajratgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, janjal va undan keyingi surishtiruv sababli o‘tkazish punktida jarayon to‘xtab qolgan. 50 nafardan ortiq odam chegaradan o‘tolmay, kechani o‘sha yerda o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Turkmaniston

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing