O‘zbek-tojik chegarasiga hujum bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopildi

Olam

image

Tojikiston Oliy sudi O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi “Ishqobod” chegara punktiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni yopdi. Ish Oliy sudning yopiq majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.

“Ayni vaqtda jamoatchilikka yetkazishimiz mumkin bo‘lgan yagona axborot bu ish ko‘rib chiqildi, Oliy sud verdikt chiqardi va u yuridik kuchga kirdi. Sudlanuvchilar turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi”, degan nashr suhbatashgan sud vakili.

Ishga aloqador advokatlardan biri ish yopilgani, ammo uning tafsilotlari sir saqlanishini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi nazorat punktiga hujum bo‘yicha jinoiy ish Tojikiston Oliy sudi tomonidan joriy yilning boshida ochilgandi. Surishtiruv Bosh prokuratura bilan birgalikda olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Ishqobod” chegara punktiga 2019 yilning 6 noyabr kuni kechasi hujum uyushtirilgandi. Tojikiston IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvda ikki chegarachi va militsiya xodimi halok bo‘lgan. Jangarilarning 15 nafari o‘ldirilib, 5 nafari qo‘lga olingan.

Ammo keyinroq Sug‘d viloyati hokimiyati yana 3 nafar chegarachi dafn etilganini ma’lum qilgan.

Tojikiston Bosh prokuraturasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, hujumda 26 kishi o‘ldirilgan va 22 nafari qo‘lga olingan. Terrorchilar 5 nafar harbiy va bir nafar militsiya xodimini o‘ldirgan.

Mazkur hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston chegara hujum

Baholaganlar

3696

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing