21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanmoqda
Jamiyat
−
24 mart 2020
7839Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senat a’zolari kun tartibidagi navbatdagi masala, ya’ni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanmoqda.
Shundan keyin Senat a’zolari “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ham muhokama qilishdi.
Ushbu qonunlarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirish, jismonan sog‘lom hamda barkamol avlodni tarbiyalashdagi alohida xizmat ko‘rsatgan fuqarolarni mukofotlash nazarda tutilgan.
LiveBarchasi