AQŞ tarixida ilk bor Senatga musulmon nomzod saylandi

Olam

−

image

Demokratik partiya vakili Abdul al-Said Miçigan ştati böyiça AQŞ Senatiga ötkazilgan saylovda respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida uni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bir neça bor tanqid qilgan va “jihodçi” deb atagan. Ğalabadan keyin al-Said Prezidentga murojaat qilib, unga quyidagiça javob qaytardi:

“Donald, ismim bilan boğliq muammolaring bölganini bilaman. Şuning uçun yanvar oyida Jey Di meni qasamyod qildirganidan keyin, meni şunçaki senator deb ataşing mumkin”.

Kasbi böyiça epidemiolog bölgan al-Said avval Detroyt jamoat salomatligi tizimiga rahbarlik qilgan. Saylov kampaniyasida u Isroilning Ğazo sektoridagi siyosati va AQŞning Isroil hukumatiga körsatayotgan harbiy yordamini tanqid qilişga alohida e’tibor qaratgan.

Saylovoldi roliklaridan birida siyosatçi amerikaliklarning iqtisodiy muammolarini AQŞning Isroilni qöllab-quvvatlaş uçun sarflayotgan mablağlari bilan boğlagan. Bu bayonotlar, jumladan, Demokratik partiyaning ayrim vakillari tomonidan ham antisemitizmda ayblovlarga sabab bölgan.

Al-Said esa amerikalik soliq tölovçilar mablağlari hisobidan Isroilning harbiy amaliyotlarini moliyalaştirişni töxtatiş tarafdori ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Senatda demokratlar kamida 54 ta öringa ega bölayotgani, şu jumladan, Texas va Kanzasda – önlab yillar davomida respublikaçilar ğalaba qozonib kelgan ştatlardagi poygalarda zafar kuçgani haqida xabar berilgan edi. Vakillar palatasida ham demokratlar köpçilikni qölga kiritişga muvaffaq böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing