O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2021
2698O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 3 noyabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari o‘rtasida O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2021 yil 11 martda Toshkent shahrida imzolangan.
Jamg‘arma uning hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qarz berish, kapitalida ishtirok etish va ular bilan munosabatlarda boshqa moliyaviy instrumentlardan foydalanish yo‘li bilan Qirg‘iziston iqtisodiyotining ustuvor sektorlarida o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Jamg‘armaning ustav kapitalida O‘zbekiston Hukumati ulushini shakllantirish, istisno tariqasida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga bosqichma-bosqich ajratiladigan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi