O‘zbek futboli va futzalida yil murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2023 yil yakunlariga ko‘ra, “yilning eng yaxshi murabbiyi” bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar uchligi e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, yakunlanib borayotgan 2023 yilgi futbol mavsumida “O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi” bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligidan “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari ustozlari Jamoliddin Rahmatullayev va Ravshan Haydarov o‘rin oldi.

Shuningdek, “Futzal bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi” bo‘lishga nomzodlar ham e’lon qilindi.

“Maksam Chirchiq” klubi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov, OKMK futzal jamoasi ustozi Aleksandr Petrov va BMB klubida faoliyat yuritayotgan Nodir Eliboyev sovringa da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar uchligi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Bahodir Ahmedov Ro'ziqul Berdiev Ravshan Haydarov Jamoliddin Rahmatullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing