O‘zbek bokschisidan super og‘ir vazn toifasida super nakaut

Sport

image

O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. AQSHning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda o‘zbek bokschisi o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi.

Amerikalik Uilli Xarveyga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat Jalolovga sira halal bermadi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi o‘zining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing