O‘zbek bokschilari qanday “toychoq” minadi? (1-qism)
Sport
−
21 avgust 2023
31582Jahon va Osiyo chempionatlarida o‘zbekistonlik bokschilar tomonidan erishilayotgan natijalar, professional boksda ham o‘zbeklarning ko‘payib qolgani mamlakatda bu sport turining borgan sari rivojlanayotganidan dalolat. Ammo bugungi kunda boks bu nafaqat kuch, iste’dod timsoli, balki allaqachon boylik manbaiga ham aylanib qoldi. Chunki yaxshi natija esa yaxshi daromad degani.
Bugungi kunda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari yirik musobaqalar uchun o‘z ustida tinimsiz ishlash barobarida, shaxsiy imidj va albatta shaxsiy avtomobillariga ham e’tibor qaratmoqda.
QALAMPIR.UZ o‘zbekistonlik bokschilarning qanaqa avtomobilda yurishi va qaysi markadagi mashinalarni yoqtirishiga qiziqdi.
Iqboljon Xoldorov – Cobalt
Havaskor boksdagi yorqin faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan Iqboljon Xoldorov yaqingacha Chevrolet Cobalt rusumidagi avtomobilda harakatlangan.
Sportchining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, biroz vaqt avval u Cobalt’ni sotib yuborgan. Xoldorov tez kunda Gentra yoki Tracker mashinasini xarid qilmoqchi. Bokschi BMW rusumidagi barcha avtomobillarni yoqtiradi.
Hozirda Iqboljon professional boksda faoliyat yuritmoqda. U oxirgi jangini aprel oyida meksikalik Eleazar Valenzuelaga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi. Tez orada Xoldorovning navbatdagi jangi bo‘yicha yangilik e’lon qilinadi.
Shahram G‘iyosov – Lixiang L9
Havaskor boksda Olimpiada vitse-chempionligi, dunyo birinchiligida esa g‘oliblikni qo‘lga kiritib, hozirda profboksda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayogan Shahram G‘iyosov xorij avtobrendlari ishqibozi.
“Xorijiy avtomarkalarning tezligi va qulayligi yoqadi”, deydi G‘iyosov.
Bokschi hozirda qanday avtomobil haydayotganini ma’lum qila olmasligini, lekin tez orada yangi mashina xarid qilishini bildirdi.
Sportchi yaqin ikki hafta ichida yangi Lixiang L9 egasiga aylanadi.
Lixiang L9 avtobrendi Xitoy davlatiga tegishli bo‘lib, 2022 yilda ish boshlagan. G‘iyosov xarid qilayotgan rusum esa so‘mga chaqilganda 833 million so‘mga yaqin narxni tashkil etadi.
Shahram G‘iyosovning sevimli avtomobili esa Mercedes-AMG GLC hisoblanadi.
G‘iyosov 2016 yilgi Rio Olimpidasida kumush medalga ega chiqqani uchun, unga Prezident sovg‘asi – Malibu 1 sovg‘a qilingandi. Sportchiga ko‘ra, hozirda Malibu'dan sportchining otasi foydalanmoqda.
Hasanboy Do‘smatov – Gentra
Olimpiya va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov ham hozirda Chevrolet Gentra rusumidagi avtomobilni haydaydi. Sportchi o‘z vaqtida mashinani 14 ming AQSH dollariga xarid qilgan. Do‘smatovga ko‘ra, u uchun hozirgi avtomobili juda qulay.
Do‘smatov ham ko‘pgina boshqa sportchilar kabi Mercedes-Benz markasidagi “toychoq”larni yoqtiradi.
Rio-2016 Olimpidasi g‘olib chiqqani uchun Do‘smatovga Malibu 1 avtomobili berilgandi. Sportchi keyinchalik Malibu’ni ukasiga berib yuborgan.
Murodjon Ahmadaliyev – Gentra
Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori va profboksda WBA va IBF kamarlarini qo‘lga kiritgan Murodjon Ahmadaliyev ham Gentra avtomobilidan foydalanadi.
“Men ham ko‘p qatori “kotta bollani moshinasi”da yuraman. 17 ming AQSH dollari atrofidagi narxga sotib olgandim. Tog‘risi, Gentra’ni ham o‘zim haydamayman. Ko‘proq yaqin ukam Muhammadiy mashinada meni olib yuradi”, deydi Ahmadaliyev.
Ahmadaliyevga ham Rio-2016 Olimpiadasigi natijasi uchun Prezident sovg‘asi – Malibu 1 sovg‘a qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, sportchi qadrli avtomobilini qadrdonlariga ya’ni oila a’zolariga bergan.
MJ Kaka’ga ko‘proq Mercedes-Benz va BMW avtobrendining mashinalari yoqadi.
LiveBarchasi