“O‘zavtosanoat” Antimonopoliya qo‘mitasi vakilini taftish komissiyasi a’zoligidan chiqardi

Jamiyat

image

“O‘zavtosanoat” AJning taftish komissiyasi a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, taftish komissiyasi a’zosi Viktoriya Valerevna Mustafinaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Bu haqda ushbu yig‘ilishida qabul qilingan qarorda so‘z boradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor konsentratsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Viktoriya Mustafina “O‘zavtosanoat” AJning taftish komissiyasi a’zosi ham edi.

Ayrim xabarlarda keltirilishicha, Mustafina o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

Qayd etilishicha, Viktoriya Mustafinaning o‘rniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Alijon o‘g‘li Badalboyev taftish komissiyasi a’zosi sifatida tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, "O‘zavtosanoat" AJning taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, taftish komissiyasi jamiyatning nazorat organi hisoblanadi va u kompaniya yagona aksiyadori tomonidan saylanadi. Ushbu komissiya kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini ichki nazorat qilishni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “O‘zavtosanoat” AJ nazoratidagi “UzAutoMotors” AJ o‘rtasida bir necha oydan beri kurash boryapti. Qo‘mita tomonidan “UzAutoMotors” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yakunida maxsus komissiya kompaniya avtomobillar narxlarini assossiz oshirganini tasdiqlagandi.

Shunga ko‘ra, komissiya "UzAutoMotors” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bundan tashqari avtomobilni qimmatga sotib olganlarga pullarini qaytarish ham belgilangandi.

Biroq kompaniya maxsus komissiya qarori ustidan sudga shikoyat qildi. Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yutqazdi. Keyinroq esa tashkilot sud qarori ustida apellyatsiya shikoyati kiritdi. Sud uni qabul qildi va ish 11 dekabr kuni qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing