O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi
Jamiyat
−
12 iyun 15417 2 daqiqa
Joriy yilning 4-choragidan boshlab O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, Volkswagen brendining O‘zbekiston bozoridagi mavjudligi 2019 yilda Jizzax shahridagi ishlab chiqarish maydonchasida Caddy yengil tijorat avtomobillari va Skoda Kodiaq oilaviy krossoverining yig‘ilishi bilan boshlangan.
IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida Volkswagen AG va “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiy korxonasi – “Alyans Auto” kompaniyasi o‘rtasida zamonaviy yengil avtomobillar, sedanlardan tortib to to‘liq o‘lchamli krossoverlargacha bo‘lgan model qatorini kengaytirish bo‘yicha yangi kelishuv imzolangan.
“Mintaqaning yuragida joylashgan O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish va eksportini tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Ushbu hamkorlikni biz Volkswagen'ning bozordagi barqaror ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam deb bilamiz”, deydi Volkswagen AG boshqaruv kengashining savdo, marketing va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha a’zosi Martin Sander.
Bildirilishicha, loyiha doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, texnologiyalarni uzatish va mamlakatning avtomobil sanoati eksport salohiyatini rivojlantirish rejalashtirilgan. Ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2025 yil IV choragiga mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 2019 yildan boshlab korxona “Jizzax Auto” brendi ostida Volkswagen va Skoda rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Volkswagen kompaniyasining BPDD korporativ auditi natijalariga ko‘ra, 2025 yilda kompaniya “Alyans Auto” nomi ostida rebrending va faoliyatini davom ettirgan.
Live
Barchasi