O‘z xonasida qizni zo‘rlagan sobiq politsiya boshlig‘i 11 yilga “kesildi”
Olam
−
01 may
15757Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Marat Qo‘shtiboyev zo‘rlashda ayblanib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda shahar sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu jinoyat ishi “Mansabdor shaxs tomonidan xizmat vazifasini bajarayotganda sodir etilgan zo‘rlash” moddasi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan.
Mazkur moddaning sanksiyalari 9 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.
“Ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi 2023 yil 12 noyabr kuni Toldiqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan holda o‘z xizmat vazifasini bajarayotib, ichki ishlar bo‘limi binosida, ya’ni o‘z ish xonasida 27 yoshli qizni zo‘rlagan”, deyiladi sud xabarida.
Sud qarori bilan Marat Qo‘shtiboyev aybdor deb topilib, 10 yil muddatga davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Bundan tashqari, u "politsiya polkovnigi" unvonidan mahrum qilindi. Qayd etilishicha, hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.
LiveBarchasi