Uyquga to‘ymaslik erkaklarda saraton xavfini oshiradi
Salomatlik
−
04 mart
5999Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, uyqusizlikka yo‘liqqan erkaklarda prostata saratonining rivojlanish xavfi 20 foizga oshadi. Bu haqda "Journal of the National Cancer Institute" nashri ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rniga yotganidan so‘ng doimiy ravishda yarim soat va undan ko‘proq vaqt mobaynida uxlay olmaslik erkak kishi uchun rak xavfi ortayotgani belgisidir. Prostata saratoni omillariga asosan qarish, kasallikning oilaviy tarixi, semirish va etnik kelib chiqish kiradi.
Buzilgan uyqu ilgari ham prostata saratoni sabablaridan biri deb atalgan, ammo tadqiqotlarning aksariyati bemorlar qanchalik yaxshi uxlaganlarini aniq eslay olmasliklariga tayangan. Shu bois, Merilend shtatidagi AQSH Milliy saratonga qarshi kurash instituti mutaxassislari tungi harakatlar va uyqu buzilishlarini o‘lchash uchun tadqiqotda qatnashgan 30 ming britaniyalikning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Tadqiqot boshida ularning hech birida prostata saratoni bo‘lmagan.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kechasi 30 daqiqa yoki undan ko‘proq uxlay olmay qiynalganlarda keyinchalik prostata o‘smasi paydo bo‘lish ehtimoli 15-20 foizga oshgan. Olimlarning fikricha, xavf sirkad ritm – tananing ichki biologik "soati"ning buzilishidan kelib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida uyquni keltirib chiqaradigan melatonin gormoni darajasini tushiradi.
Azizbek Abdullayev